Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Davlat bayrog‘i - mening faxrim va g‘ururim!”

2019 17 Noyabr
10291
Ulashing

flag-uzb

Ushbu shior ostida 18-noyabr kuni mamlakatimizda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligining 28 yilligi keng nishonlanadi.

Davlat ramzlari, ayniqsa bizning bayrog‘imiz muqaddas ramz sifatida hamisha e’tirof etilgan. Ularda xalqimizning buyuk davlat qurish g‘oyasi, uning salohiyati, irodasi, ulkan milliy kuchi, milliy va madaniy o‘ziga xosligi hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi aks etgan. 1991-yildan buyon davlat bayrog‘i qabul qilingan kun alohida bayram sifatida nishonlanishi O‘zbekiston hukumati va fuqarolarimizning o‘z davlatchiligi, suvereniteti va mustaqillik ramzlariga chuqur hurmatining yorqin namunasidir. Har yili ushbu kunda butun mamlakat bo‘ylab, shu jumladan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasida ham turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinadi.

Bugungi kunda tarixiy qadriyatlarimiz va mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qudratli davlatlar bayroqlariga xos eng yaxshi an’analar asosida yaratilgan O‘zbekiston bayrog‘i dunyoning barcha burchaklarida g‘urur bilan hilpirab, respublikani xalqaro maydonda namoyish etmoqda. Istiqlol ramzlarini bilish, qadrlash va hurmat qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchidir, chunki ular xalqimizning faxri va g‘ururi, vatanga sadoqat va muhabbat timsolidir.

 

PDF-ni yuklab oling