Uzbekistan Airways yo‘lovchi tomonidan aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish ketma-ketligi buzilgan taqdirda, ichki yo‘nalishlardagi (respublika ichidagi) aviachiptalardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilishini ma’lum qiladi.
Umumiy qoida: Yo‘lovchini tashish shartnomasi aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish ketma-ketligida, birinchi jo‘nash punktidan boshlab amalga oshirilishi kerak.
2026-yil yanvar oyidan boshlab ichki yo‘nalishlardagi reyslarda yo‘nalish tartibini buzgan yo‘lovchilar uchun yangilangan qoidalar kuchga kiradi:
- Agar yo‘lovchi parvozning birinchi yoki undan oldingi qismidan foydalanmagan bo‘lsa, aviakompaniya keyingi barcha yo‘nalish qismlari uchun bronni bekor qilmaydi. Yo‘lovchi chiptada ko‘rsatilgan qolgan yo‘nalish bo‘yicha parvozni davom ettirishi mumkin.
- Bunday hollarda, chiptani to‘lash uchun qo‘llanilgan tarif turidan qat’i nazar, yo‘lovchi foydalanmagan qismlarning qiymati qaytarilmaydi. Faqatgina foydalanilmagan parvoz qismlari uchun aeroport yig‘imlari qaytarilishi mumkin.
- Foydalanilmagan parvoz qismlariga ega chiptalar qayta rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi. Xalqaro reyslar uchun standart qoidalar amal qiladi:
- Yo‘lovchi yo‘nalishning birinchi yoki undan oldingi qismiga kelmagan taqdirda, keyingi barcha yo‘nalishlar uchun bron yo‘lovchini ogohlantirmasdan avtomatik ravishda bekor qilinadi.
- Yo‘lovchi chiptani to‘lashda qo‘llanilgan tarif qoidalariga muvofiq, ixtiyoriy qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish shartlari asosida chiptani qayta rasmiylashtirishi yoki qaytarishi mumkin.
Uzbekistan Airways bilan yoqimli va xavfsiz parvozlarni tilaymiz!
Barcha yangiliklar