Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

18-maydan aviakompaniya Nukus, Termez va Urganchga qatnovlarni bajarishni boshlaydi

2020 15 May
7212
Ulashing

Biz yana siz bilan!

O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mahalliy aviayo'nalishlarda qatnovlarni bosqichma-bosqich yo'lga qo'yishni boshlaganini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz.

Joriy yil 18-maydan boshlab aviakompaniya Nukus, Urganch va Termiz shaharlariga quyidagi parvozlar jadvali bo'yicha qatnovlarni amalga oshiradi:

Toshkent-Urganch-Toshkent (dushanba, payshanba kunlari)

Toshkentdan uchish: 09-00 Urganchga kelish: 10-30

Urganchdan uchish: 13-30 Toshkentga kelish: 14-50

Toshkent-Nukus-Toshkent (seshanba, juma kunlari)

Toshkentdan uchish: 09-00 Nukusga kelish: 10-40

Nukusdan uchish: 13-40 Toshkentga kelish: 15-00

Тoshkent-Termiz-Toshkent (chorshanba, shanba kunlari)

Toshkentdan uchish: 09-00 Termizga kelish: 10-20

Termizdan uchish: 13-20 Toshkentga kelish: 14-30

Shuningdek, yo'lovchilarni ro'yhatga olish va samolyot sahnida xizmat ko'rsatish qoidalariga o'zgartirishlar kiritilganligiga alohida e'tibor berishingizni so'raymiz.

Bunda ro'yhatdan o'tishda va havo kemasi sahnida karantin choralariga rioya qilish, 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va qo'lqop kiyish shart.

Samolyot sahnida yo'lovchilar qat'iyan o'tirish talonlari bo'yicha joylashtiriladi, sahnda zaruriyatsiz yurish qat'iyan taqiqlanadi.

Chiplatarni onlayn tarzda yoki aeroport va Uzbekistan Airways Sales (avvalgi Havo aloqalari bosh agentligi) aviakassalaridan barcha karantin qoidalariga rioya etgan holda sotib olishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling