Maxsus oziq-ovqat

Gastronomik extiyojlariga, e‘tiqodiga yoki tibbiy ko‘rsatmalariga ko‘ra, xalqaro reysga aviachipta bron qilish yoki xarid qilishda yo‘lovchi maxsus oziq-ovqatga buyurtma berishi mumkin.
Oziq-ovqat buyurtma qilishda, so‘rovnoma bron tizimi tomonidan tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Aviakompaniya veb-sayti orqali aviachiptalarni xarid qilishda, kerakli maxsus oziq-ovqat rasionining kodini o‘zingiz ko‘rsatishingiz mumkin.
Maxsus oziq-ovqat buyurtmasi uchun qo‘shimcha haq undirilmaydi.


Muhim!
- Maxsus oziq-ovqatga buyurtma, parvozdan kamida 48 soat oldin berilishi kerak.
- Bronga o‘zgartirishlar kiritilgan holatda, maxsus oziq-ovqatlarga qayta buyurtma berish kerak.
Toshkent shahri I.Karimov nomidagi aeroportdan “Uzbekistan Airways” AJ reyslarida uchishda taklif etilayotgan assortimentdan istalgan turdagi maxsus oziq-ovqatni buyurtma qilishingiz mumkin.
Boshqa shaharlardan uchishda bazi cheklovlar amal qiladi.
Maxsus oziq-ovqat turlari
| Nomlanishi | Kod | Rasion tavsifi |
| Parhez oziq-ovqatlar | ||
| Tarkibida kleykovina bo‘lmagan oziq-ovqat (Gluten-free meal) | GFML | Kleykovina va o‘simlik oqsili bo‘lmagan ovqat, sut mahsulotlari va bug‘doy, javdar, arpa, suli mahsulotlari chiqarib tashlangan. |
| Parhez oziq-ovqatlar | ||
| Diabetik taomnoma | DBML | Qovurilgan mahsulotlar, tarkibida yuqori fruktoza, shakar mavjud boʻlgan mahsulotlar, yogʻli mahsulotlar roʻyxatdan chiqarilgan |
| Bolalar oziq-ovqati | ||
| Bolalar oziq-ovqati (Child meal) | CHML | 2 yoshdan katta bolalar uchun oson chaynaladigan yumshoq taom, oziq-ovqat mahsulotlari oson identifikatsiyalanadi. |
| Vegetarian taomlar | ||
| Osiyo vegetarian (Asian vegetarian meal) | AVML | Sut mahsulotlaridan cheklangan miqdorda foydalanish bilan, osiyo ziravorlari qo‘shilgan go‘sht va baliqsiz taom. |
| Qat’iy vegetarian (Vegetarian Meal) | VGML | Go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari to‘liq chiqarib tashlangan qat’iy vegetarian oziq-ovqat. |
| Xom vegetarian oziq-ovqat (Raw vegetarian meal) |
RVML | Kulinar ishlov berilmagan, xom sabzavot va mevalar.
|
| Sut mahsulotli vegetarian (Vegetarian lacto-ovo meal) | VLML | Sut va tuxumdan tayyorlangan vegetarian oziq-ovqat.
|
| Mevali oziq-ovqat | FPML | Yangi mevalar. |
| Diniy e‘tiqodlarni hisobga olib ishlab chiqilgan oziq-ovqat | ||
| Induist novegetarian (Hindu) (Hindu meal) | HNML | Hushta'm va achchiq taom, tarkibida mol go‘shti, buzoq go‘shti, cho‘chqa go‘shti bo‘lmaydi, qo‘y, parranda, baliq, sut bo‘lishi mumkin.
|
| Islomiy (Moslem meal) | MOML | Cho‘chqa go‘shti, jelatin, spirtli ichimliklar qo‘llash taqiqlanadi. |
| Kosher | KSML | Kosher taom pishirish qoidalariga rioya qilingan holda tayyorlanadi, qadoqda kashrutga muvofiqlik belgisi mavjud. |
- Agar siz “Kod-sher” kelishuvi bo‘yicha hamkorimiz tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shma bajariladigan reysga aviachipta bron qilgan bo‘lsangiz, buyurtma berish va maxsus oziq-ovqat taqdim etilishi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni tashuvchining internet-saytida aniqlashingiz mumkin.
“Uzbekistan Airways” AJ hamkor-aviakompaniyalar ro‘yxati