Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

bsn

Koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish uchun mo‘ljallangan yangi xizmat ko‘rsatish qoidalarining joriy etilishi bois, biz biznes-klass yo‘lovchilariga "taomdan taomga" taom taqdim etish xizmatini vaqtincha to‘xtatdik. Sovuq va issiq ovqatlarni, shuningdek, barcha turdagi ichimliklar uchun bir martalik idish ishlatiladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

  • parvoz davomiyligi 2 soatgacha bo‘lgan reyslarda yo‘lovchilarga individual qadoqdagi idishlarda suv va sharbatlar taqdim etiladi. 
  • parvoz davomiyligi 2 soatdan ortiq bo‘lgan reyslarda biznes klass yo‘lovchilariga tanlovga ko‘ra issiq taomni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat taklif etamiz.

Parvoz davomiyligi 2 soat va undan ortiq bo‘lgan reyslar taomnomasi:

  • Go‘sht va pishloqli yaxna taom
  • Sabzavotli salat yoki sabzavotli yaxna taom
  • Xohishga ko‘ra tanlash mumkin bo‘lgan issiq taom
  • Yangi non va bulochka
  • Yaxna ichimliklar, sharbatlar
  • Shirinlik

bn_dsp

Issiq ichimliklar:

  • qora, ko‘k choy;

  • eruvchan qaxva;

  • tuyilgan qaxva*: amerikano, espresso, kapuchino, latte.

*Maydalangan qaxva faqat Boeing 787-03/04/05 havo kemalarida taqdim etiladi

 

Spirtli ichimliklar.

Xohishingizga ko‘ra, xodimlarimiz sizga spirtli ichimliklar tanlashni taklif etadi: shampan vinosi, pivo, aroq, viski, konyak, oq va qizil vino.

“Uzbekistan Airways” havo kemalarida Fransiya va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vinolar taqdim etiladi.

Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda asosiy taomnomadan tashqari issiq nonushta ham taklif etiladi. Sabzavot yoki qo‘ziqorinli omlet, tvorog bilan tayyorlangan yumshoqqina sirniklar yoki quymoqlarga buyurtma berishingiz mumkin.

  • Biznes klass taomnomasining taqdim etilgan tarkibi “Uzbekistan Airways” AJ tashabbusi bilan istalgan hajmda va istalgan vaqtda veb-saytda qo‘shimcha ma’lumotlar chop etilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.

Reysdagi taomnoma tarkibi haqidagi dolzarb ma’lumotni havo kemasi bortidagi bortkuzatuvchilardan olishingiz mumkin.