Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

«Uzbekistan Airways Technics» MChJ xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va xaridlar shaffofligiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Ulashing

2026-yil 12-oktabr kuni «Uzbekistan Airways» AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Ichki korrupsiyaga qarshi nazorat xizmati tomonidan «Uzbekistan Airways Technics» MChJ xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish hamda xaridlar jarayonida shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar va mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining davlat xaridlari sohasidagi qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, komplayens-nazorat tizimini yanada rivojlantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xaridlar jarayonida shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Seminar doirasida «Uzbekistan Airways» AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Ichki korrupsiyaga qarshi nazorat xizmati mutaxassisi N. Zikrillyaeva tomonidan «Uzbekistan Airways» AJ tarkibiy tashkilotlarining komplayens bo‘linmalari tomonidan kontragentlarni tekshirish va xaridlarning ishonchliligini ta’minlash» mavzusida ma’ruza qilindi.

Ma’ruzada kontragentlarni har tomonlama tekshirish, ularning faoliyati va ishbilarmonlik obro‘sini baholash, xaridlar jarayonida ehtimoliy korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa qonunbuzilishlarning oldini olishda komplayens bo‘linmalarining o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishi, kasbiy va axloqiy mas’uliyatini oshirishi, xaridlar jarayonida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishi zarurligi ta’kidlandi.

Bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, komplayens-nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish hamda «Uzbekistan Airways» AJ tizimida halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

AI Assistant
Yordam kerakmi?