Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways chegirmali promokodlari” Aksiyasi qoidalari

Ulashing

1. Umumiy qoidalar

1.1. Aksiya – “Uzbekistan Airways chegirmali promokodlari” deb nomlangan qoidalar (keyingi matnlarda - Qoidalar) va ushbu Qoidalar asosida o‘tkaziladigan sotuvlarni rag‘batlantirish dasturi.

1.2. Aviakompaniya — “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, Aksiya tashkilotchisi hamda Promokodlarni taqdim etish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydigan shaxs hisoblanadi.

1.3. Tashkilotchi - Aviakompaniya

1.4. Sayt va mobil ilova — Aviakompaniyaning rasmiy servislari (www.uzairways.com hamda “Uzbekistan Airways” mobil ilovasi), ularda Aksiya doirasida ishtirok etish amalga oshiriladi.

1.5. Xarid qilish  - Uzbekistan Airways sayti yoki ilovasi orqali aviachiptani rasmiylashtirish va to‘lovni amalga oshirish.

1.6. Promokod — aviabilet xarid qilishda Ishtirokchiga chegirma olish huquqini beruvchi noyob belgilar ketma-ketligi. Promokodning amal qilish muddati, qo‘llanish shartlari va chegirma miqdori Aviakompaniya tomonidan belgilanadi hamda Promokod bilan birga Ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.

1.7. Ishtirokchi - ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan ishtirok etish shartlarini bajargan va ushbu Qoidalarning 4-bo‘limi shartlarini qabul qilgan har bir shaxs.

2. Promokod chegirmalari

2.1. Promokod - Uzbekistan Airways aviabiletini rasmiylashtirishda chegirma olish huquqini taqdim etadi.

2.2. Chegirma miqdori, uning amal qilish muddati va boshqa shartlar Promokod ishtirokchiga yuboriladigan xabar orqali (SMS, e-mail, push-xabarnoma, banner yoki boshqa aloqa kanallari orqali) ma’lum qilinadi.

2.3. Ayrim hollarda, Aviakompaniya tomonidan Promokodni olish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha shartlar belgilanishi mumkin (masalan, shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tish, tarqatma xabarlarga obuna bo‘lish, sadoqatlik dasturida ishtirok etish yoki ma’lum bir davrda xarid qilish).

3. Promokodlarda qatnashish va ulardan foydalanish

3.1. Quyidagi har bir shaxs Aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin:

- “Uzbekistan Airways” sayti yoki mobil ilovasiga kirish imkoniyatiga ega;

3.2. Chegirmani faollashtirish uchun quyidagilar zarur:

- Aviakompaniyadan Promokod olish;
- aviachiptani rasmiylashtirishda maxsus maydonda Promokodni ko‘rsatish;
- undan belgilangan muddatlarda foydalanish.

3.3. Promokodlarni qo‘llashning asosiy qoidalari:

-  Promokod faqat “Uzbekistan Airways” rasmiy veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali faollashtirilishi mumkin.

Promokod faqat aviabilet tarifiga taalluqli va qo‘shimcha xizmatlarga (yuk, joy tanlash, sug‘urta va hokazo) tatbiq etilmaydi, bunda faqat tegishli shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan hollar mustasno.

- Aviabilet qaytarilganda yoki bekor qilinganda chegirma summasi qaytarilmaydi.
- Bitta aviabilet xaridida faqat bitta Promokoddan foydalanish mumkin.

3.4. Mavjud Promokodlar soni cheklangan.

4. Shartlarni qo‘llash tartibi

4.1. Aksiya ochiq tarzda o‘tkaziladi. “Uzbekistan Airways” ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish hamda ularning yangilangan tahririni rasmiy veb-saytida e’lon qilish huquqiga ega.

4.2. Promokodlar pul mablag‘lariga almashtirilmaydi.

4.3. Belgilangan promokodlar limiti tugagan holatlarda, chegirmalar taqdim etilishi to‘xtatiladi.

4.4. Aviakompaniya o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Promokoddan foydalanishning imkonsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi (masalan, texnik nosozliklar, uchinchi shaxslarning noto‘g‘ri harakatlari yoki Ishtirokchining shartlarni buzishi).

4.5. Aksiya lotereya, qimor o‘yini yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa tadbir hisoblanmaydi.

4.6. Chegirma faqat Promokod to‘g‘ri kiritilganda va Aksiyaning barcha shartlariga rioya qilinganda qo‘llaniladi.

4.7. Ishtirokchining suiiste’molliklari yoki firibgarlik harakatlari aniqlangan holatlarda, Aviakompaniya ilgari berilgan Promokodlarni sababini tushuntirmasdan bekor qilish huquqiga ega.

4.8. Promokod istalgan turdagi tariflarga (biznes, ekonom, qaytariladigan/qaytarilmaydigan) tatbiq etilishi mumkin, biroq tijoriy kelishuvlar (CodeShare) doirasidagi reyslarga, tijoriy kelishuvlar (SPA) asosida e’lon qilingan tariflarga hamda guruhli bronlashlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

4.9. Promokodning amal qilishi muddati sotuv davri/ tashish davri/ yo‘lovchi toifasi, marshrut  yo‘nalishi bilan cheklanadi;

4.10. Promokodlarni boshqa chegirmalar, boshqa promokodlarning chegirmalari bilan birlashtirish taqiqlanadi, yosh bolalar uchun belgilangan chegirmalar bundan mustasno;

4.11. Promokodlar tez-tez uchuvchi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilarini mukofotlash Qoidalari doirasida bonus aviabiletlarni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan ballarni hisobdan chiqarishga tatbiq etilmaydi.

4.12. Promokodlar o‘zaro qo‘shib hisoblanmaydi va boshqa aksiyalar bilan birlashtirilmaydi, agar qo‘shimcha shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.

4.13. Promokod pul mablag‘lariga almashtirilmaydi va uchinchi shaxslarga sotilishi yoki berilishi mumkin emas.

5. Promokod turlari

5.1. SALOM promkodi

• Kod formati: SL prefiksi bilan boshlanadi, keyin 6 ta lotin belgisi (A- dan Z gacha) keladi.

• Yo‘lovchilar soni: promokod faqat bitta katta yoshli yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan (1 ADT).

• Bir martalik: har bir promokoddan faqat bir marta foydalanish mumkin.

• Saytda qo‘llash: qo‘llab-quvvatlanmaydi.

• Mobil ilovada qo‘llash: ha, promokod faqat Uzbekistan Airways mobil ilovasi orqali bron qilinganda faollashadi.

• Promokodning amal qilishi: faqat Uzbekistan Airways aviakompaniyasining o‘z reyslariga tatbiq etiladi.

• Yo‘nalishlar va sanalar: promokod mavjud tariflar doirasida barcha yo‘nalishlar va sanalarga tatbiq etiladi.

• Qayta bronlash: bron o‘zgartirilgan holatlarda, tarifning to‘liq qiymatigacha bo‘lgan farqni qo‘shimcha to‘lash talab etiladi.

5.2.  HYZ promkodi 

• Kod formati: HYZ prefiksi bilan boshlanadi, keyin 5 ta lotin belgisi (A - Z) keladi.

• Yo‘lovchilar soni: Promokod bronda ko‘rsatilgan barcha yo‘lovchilar uchun amal qiladi.

• Bir martalik qo‘llash: promokod uning amal qilish muddati doirasida bir necha marta ishlatilishi mumkin.

• Saytda qo‘llash: ha, promokod Uzbekistan Airways rasmiy saytida aviachiptani bron qilishda faollashadi.

• Mobil ilovada qo‘llash: ha, promokod mobil ilova orqali bron qilishda ham amal qiladi.

• Promokodning amal qilishi: faqat Uzbekistan Airways aviakompaniyasining o‘z reyslariga, bitta bronlash doirasidagi barcha yo‘lovchilarga, brondagi barcha yo‘nalish uchastkalariga tatbiq etiladi

• Yo‘nalishlar va sanalar: har bir aniq aksiyaning shartlari bilan belgilanadi.

• Qayta bronlash: bron o‘zgartirilgan holatlarda, tarifning to‘liq qiymatigacha bo‘lgan farqni qo‘shimcha to‘lash talab etiladi.
5.3. HYF promkodi

• Kod formati: HYF prefiksi bilan boshlanadi, keyin 5 ta lotin belgisi (A - Z) keladi. 

• Yo‘lovchilar soni: qo‘llash shartlari har bir aksiya uchun alohida belgilanadi.

• Bir martalik qo‘llash: Promokod amal qilish muddati davomida bir necha marotaba qo‘llanishi mumkin, agar qo‘shimcha shartlarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa.

• Saytda qo‘llash: ha, promokod Uzbekistan Airways rasmiy saytida aviachiptani bron qilishda faollashadi.

• Mobil ilovada qo‘llash: ha, promokod mobil ilova orqali bron qilishda ham amal qiladi.

• Promokodning amal qilishi: faqat “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining o‘z reyslariga tatbiq etiladi hamda butun marshrut bo‘yicha yoki marshrutning ayrim uchastkalari bo‘yicha qo‘llanishi mumkin.

• Yo‘nalishlar va sanalar: har bir aniq aksiyaning shartlari bilan belgilanadi.

• Qayta bronlash: muayyan promokodning amal qilish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

6. Qaytarish/qayta bron qilish shartlari:

6.1. Qaytarilgan/qayta bron qilingan/qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, Promokod bo‘yicha tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun - belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;

6.2. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun taqdim etilgan chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan yo‘nalish qismi uchun tarif chegirib tashlanadi;

6.3. Promokod bo‘yicha chegirma bilan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalarsiz tarifning to‘liq qiymatigacha bo‘lgan farqni qo‘shimcha to‘lash talab etiladi. To‘plangan ballar uchun xizmat ko‘rsatish klassini Z klassigacha oshirish, shuningdek, yo‘lovchining ismi, familiyasi va pasport ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish doirasida aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish (Change Name Policy) bundan mustasno;

6.4. Promokod taqdim etilmagan kunlarda rasmiylashtirilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan holatlarda, Promokod bo‘yicha chegirma qo‘llanilmaydi;

6.5. Promokod bo‘yicha chegirma qo‘llanilgan holda qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan holatlarda, hisob-kitoblar tarifning to‘liq qiymatigacha bo‘lgan farqni qo‘shimcha to‘lash bilan amalga oshiriladi.

7. Javobgarlik 

7.1. Tashkilotchi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, shu jumladan ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilgan texnik nosozliklari tufayli promokodni qo‘llash imkoniyati mavjud emasligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

7.2. Suiiste’molliklar aniqlangan holatlarda, Tashkilotchi promokodni qo‘llashni rad etish va Aksiya shartlarini buzgan holda rasmiylashtirilgan aviachiptani bekor qilish huquqiga ega.

8.  Yakuniy qoidalar

8.1. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining ushbu Qoidalarga roziligini bildiradi.

8.2. Tashkilotchi Aksiya qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ularning yangilangan tahririni rasmiy veb-saytida e’lon qilish huquqiga ega.

8.3. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizoli masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida hal etiladi.

AI Assistant
Yordam kerakmi?