Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways” AJga parvoz o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishini ma’lum qiladi

Ulashing

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
– 21 yoshdan 36 yoshgacha.

Eslatma: Hujjatlarni topshirish kunida 20,5 yoshga to‘lmagan yoki 36 yoshga to‘lgan shaxslar tanlov saralashida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi; 

–    Fuqarolik aviatsiyasi uchuvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tugallangan aviatsiya ma’lumotiga ega bo‘lishi; 
–    Hujjat topshirish uchun kamida texnik yo‘nalishdagi o‘rta maxsus professional ma’lumotga ega bo‘lishi; 
–    Fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilik o‘quv muassasasini tamomlagan kundan boshlab hujjat topshirish vaqtigacha 2 (ikki) yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lishi; 
–    O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan diplom va ta’lim hujjatlari (shu jumladan, oliy, o‘rta maxsus va texnik ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar) qonunchilikda belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi; 
–    Fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilik o‘quv muassasasida CPL dasturi bo‘yicha havo kemalarida  kamida 120 soat parvoz qilgan bo‘lishi; 
–    MPL dasturi bo‘yicha havo kemalarida kamida 50 soat parvoz qilgan bo‘lishi va CPL guvohnomasiga ega bo‘lishi; 
–    Asboblar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishi (Instrument Rating); 
–    Davlat, rus va ingliz tillarini o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun yetarli darajada bilishi; 
–    Ingliz tilini ICAO til bilish darajasini baholash shkalasi bo‘yicha kamida 4-darajada bilishi; 
–    Erkak nomzodlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasi mavjud bo‘lishi.

Nomzodlar elektron shaklda (PDF) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 

–    Ariza (ilova) 
–    pasport nusxasi
–    FA uchuvchisi guvohnomasi 
–    ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar, parvoz soatlari va h.k.;
–    qurilmalar bo‘yicha parvozga ruxsatga berilganligini tasdiqlovchi hujjatini (Instrument Rating); 
–    ingliz tili darajasi ICAO 4 shkalasi va undan yuqoriligini tasdiqlovchi sertifikat;
–    harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
–    Sudlanganlik holati mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
 
Hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 6-dekabrga qadar amalga oshiriladi.

Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2026-yilning 14-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Hujjatlarni quyidagi elektron manziliga PDF-formatida yuborishingizni so‘raymiz: pilot.career@uzairways.com

Eslatma: 
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan nomzodlar buni Arizada ko‘rsatishlari shart. Agar ushbu ma’lumotni yashirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlansa, ushbu nomzodlarni ko‘rib chiqish tanlovning keyingi protseduralarida bekor qilinadi.  
 

AI Assistant
Yordam kerakmi?