Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways” AJda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Ulashing

2026 yil 4 mart kuni “Uzbekistan Airways” AJ majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

“Uzbekistan Airways” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ravishda shaffof va samarali korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish choralarini izchil amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur tadbir “Uzbekistan Airways” AJ xodimlari uchun davlatning korrupsiyaga qarshi siyosatidagi yangi talab va ustuvor yo‘nalishlarning yagona va to‘g‘ri tushunilishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Seminarda Toshkent aviatsiya transport prokurori, adliya katta maslahatchisi Sh.T. Mamadjanov hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi N. Masharipova ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar.

Seminar davomida Prezident Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar batafsil tushuntirildi, jumladan: davlat organlari va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning professional va samarali tizimini tashkil etish; zamonaviy komplayens-nazorat mexanizmlarini joriy etish; korrupsion xavf omillarini erta aniqlash va bartaraf etish; preventiv vositalarni rivojlantirish; korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini hamda huquqiy ongni shakllantirish masalalari.

Ta’kidlash joizki, mazkur seminarni o‘tkazish “Uzbekistan Airways” AJning institutsional barqarorligini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha ichki mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan.

AI Assistant
Yordam kerakmi?