Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Rally Muynak: Orol dengizi qirg‘og‘idagi poygalar

Ulashing

Rally Muynak – qurib qolgan Orol dengizining qirg‘oqlarida bo‘lib o‘tadigan keng ko‘lamli va rang-barang tadbir.

Mo‘ynoq shahri Qoraqalpog‘istonda Nukusdan keyin mehmonxona, xostel va mehmon uylari mavjudligi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.  

So‘nggi yillarda mintaqada unutilmas va yorqin faol tadbirlar va festivallarni rivojlantirishga harakat qilinmoqda.  

rm

Nima uchun poyga uchun aynan Mo‘ynoq tanlangan? Ustyurt platosi, Orol dengizining hozirgi qirg‘oqlari, shaharning iqlimi va geografik xususiyatlari bunday poygalar o‘tkazish uchun ayni muddao.  

Rally Muynak 2019-yildan o‘tkazila boshlangan. 2020-yilda koronavirus cheklovlari tufayli ralli bekor qilingan edi, ammo keyingi yil Mo‘ynoq yana avtomobil ixlosmandlari va poyga ishtirokchilarini qabul qildi.

Bu safargi ralli yanada kengroq va yorqinroq bo‘ladi. Tashkilotchilar poyga xalqaro miqyosda o‘tkazilishini rejalashtirmoqdalar. 2019-yilda rallida Qozog‘istondan kelgan jamoa ishtirok etdi, ammo 2021-yilda, afsuski, chegaralar yopildi va chet elliklar musobaqada ishtirok eta olmadilar.

O‘tgan yilgi ralli tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Jo‘qorg‘i Kenges va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bo‘lishdi.

Ralli g‘oliblariga avtomobil topshiriladi. 2021-yilgi qiziqarli poygalar to‘rt kun davom etdi. Bu yilgi Rally Muynak poygalari o‘tkazilishi yoz oyining boshlarida rejalashtirilgan. Xohlovchilar tanlovning birinchi kunida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.  

rm

Ushbu tadbir yildan-yilga mintaqaga, ayniqsa, turizm sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ralli tadbirlari Mo‘ynoq imidjini yaxshilaydi, yangi mehmonxonalar yoki umumiy ovqatlanish joylarini ochishga imkon beradi.

Poygada ishtirok etish mutlaqo bepul va har bir xohlovchi unda ishtirok etib ko‘rishi va Orol dengizi va Mo‘ynoq go‘zalligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin.