Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Ziyo Taratgan Siymolar

2020 14 Fevral
164
Ulashing

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)

O‘zbek mumtoz she’riyati o‘z jozibasi bilan asrlar osha ijod ixlosmandlari qalbidan chuqur joy olib kelgan. Unda ko‘plab siymolar havas qilgulik darajada qalam tebratganlar. Ana shunday zotlardan biri shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburdir.

Bobur benazir adib, olim, shoir hamda mohir sarkarda sifatida tarixda o‘z o‘rniga ega. Otasi Umarshayx Mirzoning bevaqt o‘limi sabab taxtga o‘tirgan yosh Bobur murakkab va ziddiyatlarga to‘la hayot kechirdi. O‘z yurtini tark etish, yangi ellardagi mashaqqatli turmush shoir lirikasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi:

Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma, ondin yaxshilig‘!
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig‘!

"Boburnoma" asari bilan u o‘zbek nasrining imkoniyatlarini yuksaklikka ko‘tardi. Undagi voqealar bayoni aniq va lo‘nda, ta’sirchan, muhimi tarixga muvofiqligi bilan e’tiborlidir.

Zahiriddin Muhammad Bobur millatimiz nomini dunyoga tanitgan shaxslardan biri bo‘ldi. Undan qolgan yirik ijodiy meros esa, o‘zbek hamda hind xalqlarining ezgu orzu-o‘ylari, mushtarak maqsadlarini o‘zida mujassam etgan.

Bu bebaho boyliklarni asrash, o‘rganish, kelgusi avlodlarga ham boricha yetkazish esa, bizlar uchun farzdir.
 

PDF-ni yuklab oling