Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Yoshlar bilan uchrashuv

2026 10 Aprel
Ulashing

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining turizm va marketing yo‘nalishlari bo‘yicha rahbarlari Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda biznes-menejment fakulteti talabalari ishtirok etib, aviakompaniya faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi. Muloqot davomida talabalar tomonidan turli mavzularda savollar berildi va rahbarlar ularga batafsil hamda mazmunli javoblar qaytarishdi.

Jumladan, savollar aviakompaniyaning marketing tizimi, xizmatlarni ilgari surish mexanizmlari va yo‘lovchilar oqimini boshqarish masalalarini qamrab oldi. Shuningdek, inqirozli holatlarda boshqaruv, favqulodda vaziyatlarga javob berish, marketing va biznes yo‘nalishlarida stajirovka imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Ishtirokchilar marketolog kasbi uchun zarur ko‘nikmalar va yosh mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar haqida ham qiziqish bildirishdi. Aviatsiya texnikasiga oid masalalar – ehtiyot qismlar ta’minoti, shuningdek Airbus va Boeing samolyotlari o‘rtasidagi farqlar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, havo kemalar sig‘imi va aviatsiya sohasidagi turli kasblar xususiyatlari bo‘yicha ham savollar berildi. Eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muhitda o‘tib, kelajak mutaxassislari bilan muloqotni yanada mustahkamladi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?