Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yangi yo‘nalish: Urganch – Farg‘ona – Urganch

2022 6 May
663
Ulashing

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlar va mahalliy aholi uchun qulaylik yaratish, shuningdek, mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ 2022-yil 4-maydan Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftada bir marta – chorshanba kunlari quyidagi keltirilgan jadval (mahalliy vaqt) asosida amalga oshiriladi.

Urganchdan jo‘nab ketish: 09:20

Farg‘onaga yetib borish: 11:00

Farg‘onadan jo‘nab ketish: 11:50

Urganchga yetib borish: 13:30

Urganch – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 342 406 so‘mdan (bagajsiz) va 413 249 so‘mdan (bagaj bilan), Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha esa 649 391 so‘mdan (bagajsiz) va 791 077 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 05.05.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

PDF-ni yuklab oling