Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yangi yo‘nalish: Toshkent – Nijniy Novgorod – Toshkent

2023 4 Aprel
563
Ulashing

Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvali bo‘yicha Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Endilikda Toshkentdan Rossiya shahriga muntazam qatnovlar haftada ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan uchib ketish – 18:00 

Nijniy Novgorodga yetib kelish – 20:00  

Nijniy Novgoroddan uchib ketish – 21:30 

Toshkentga yetib kelish – ertasi kuni soat 03:00

Uchib ketish va yetib kelish manzili mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.

Bir tomonga aviachipta narxi 1 442 630 so‘mdan, ikki tomonga 2 326 734 so‘mdan boshlanadi.

Narxlar 2023-yil 4-aprel holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling