Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlar: Buxoro – Istanbul – Buxoro

2022 26 Aprel
241
Ulashing

2022-yil 15-maydan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Buxoro – Istanbul – Buxoro yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftada ikki marta payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

HY-285 va HY-286 raqamli aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Buxorodan joʻnab ketish: 09:45 (Toshkent vaqti)

Istanbulga yetib borish: 12:25 (Istanbul vaqti)

Istanbuldan joʻnab ketish: 13:55 (Istanbul vaqti)

Buxoroga yetib borish: 20:05 (Toshkent vaqti)

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

 

PDF-ni yuklab oling