Kuala-Lumpurdagi MATTA Fair ko‘rgazmasida Uzbekistan Airways’ning biznes dasturi qizg‘in pallada! Jamoamiz yetakchi xalqaro chiptalar sotish va sayyohlik agentliklari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bizning umumiy maqsadimiz – O‘zbekiston milliy aviatashuvchisining Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlaridagi ishtirokini sezilarli darajada kuchaytirishdir.


Malaysia Airlines’dagi hamkorlarimiz bilan uchrashuv samimiy va samarali o‘tdi. Muloqot chog‘ida biz hamkorlikni yanada rivojlantirish va tijorat kelishuvlari doirasida yangi yo‘nalishlarni ochish masalalarini muhokama qildik.

Yo‘lovchilarimizning butun dunyo bo‘ylab sayohatlarini yanada qulay qilish maqsadida oldinda ko‘plab ulkan loyihalar kutmoqda.
Barcha yangiliklar