Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways’dan talabalar uchun chegirmalar

2023 5 Dekabr
16070
Ulashing

Qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o'quvchilari uchun mahaliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma e’lon qilamiz. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Chegirmalar 2023-yil 23-dekabridan 2024-yil 7-yanvarigacha amalga oshiriladigan ichki reyslarga taaluqlidir.
  2. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  3. Aviachipta xarid qilayotganda talabalar MyGov.uz orqali olingan yoki ta'lim muassasasidan berilgan ularning o‘qishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim qilishlari kerak;
  4. Chegirmali aviachiptalarni sotish “Uzbekistan Airways” AJning Uzbekistan Airways Sales filialida va filialning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi savdo agentlarida amalga oshiriladi;
  5. Chegirma bilan sotish 2023-yil 4-dekabridan 2024-yil 7-yanvarigacha ruxsat berilgan;
  6. Chegirmali aviachiptalarni rasmiy saytda sotib olib bo‘lmaydi;
  7. “L”, “U”, “S”, “O”, “V” klasslari, biznes-klass tariflari, shuningdek “Uzbekistan Helicopters” MChJ reyslari uchun chegirma taqdim etilmaydi;
  8. Agar sanalardan biri chegirma muddatiga to'g'ri kelmasa, parvoz turli aviachiptalar yordamida rasmiylashtirilishi kerak.
  9. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachipta uchun to'lovni qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo'llanilmagan holda ishlatilgan segment uchun yo'l haqi yechib olinadi;
  10. Foydalanilmayotgan yoki qisman foydalanilgan aviachipta qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, agar jo‘nab ketish sanalaridan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, chegirma qo‘llanilmaydi va chegirmasiz qayta rasmiylashtiriladi. 
PDF-ni yuklab oling