Xalqaro standartlar va qonunchilik talablariga muvofiqlik korporativ madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida 2025-yil 26-avgust kuni "Uzbekistan Airways" AJ zalida sanktsiyaviy komplayens va sanktsiyalar talablariga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan ixtisoslashtirilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir xodimlarning sanktsiyalarga tegishli qonunchiligiga rioya qilish muhimligi to‘g‘risida xabardorligini oshirish va xalqaro sanktsiyalarni buzish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda "KPMG" kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi Forenzik departamenti rahbari Farrux Abdullaxanov ma’ruza qildi.

U sanktsiyaviy komplayensni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarini, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshirishdagi o‘ziga xos xususiyatlarni, shuningdek, Aviakompaniyaga nisbatan ikkilamchi sanktsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talablarni batafsil tushuntirdi. Tadbir davomida quyidagi asosiy jihatlar yoritildi:
- Amaldagi sanktsiya qonunchiligi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqish;
- Sanktsiya talablariga rioya qilish bo‘yicha samarali komplayens tizimining asosiy elementlarini joriy etish;
- Kontragentlarni sanktsiyaviy xatarlar mavjudligiga tekshirish mezonlari va ularni baholash usullari.
Mazkur tadbir ichki nazorat tizimini mustahkamlash va kompaniya faoliyatining xalqaro standartlar va qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
"Uzbekistan Airways" AJ o‘z xodimlarining kasbiy kompetentligini oshirish, xalqaro bozorda o‘z faoliyatining shaffofligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishda davom etadi.