Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi

2023 13 Sentabr
Ulashing

Bugun, 13-sentabr kuni Uzbekistan Airways va havo kemalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida jahon yetakchilaridan biri – Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi samarali hamkorlikning 30 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ sanani nishonlash doirasida “Uzbekistan Airways Technics” hududida har ikki kompaniya vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

O‘ttiz yil avval “Uzbekistan Airways Technics” aviata’mirlash korxonasi mutaxassislari Lufthansa Technik AG bazasida tahsil olishgan. Yangi texnikani o‘zlashtirish va xalqaro sertifikatlar olish maqsadida ta’mirlash bo‘linmasini to‘liq qayta jihozlash boshlandi. Germaniya aviakorxonasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bugungi kunda katta samara bermoqda: UAT jahon standartlari darajasida havo kemalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etmoqda. Ta’kidlash joizki, “Uzbekistan Airways Technics” MDH mamlakatlaridagi yirik ixtisoslashgan korxonalardan biri hisoblanadi.

“Biz Uzbekistan Airways Technics va Lufthansa Technics o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholaymiz. 30 yillik hamjihat tariximiz davomida biz yuksak marralarga erishdik va hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqdik. Ammo mukammallikning chegarasi yo‘q, shuning uchun ham hamkorlikni rivojlantirishda davom etamiz va yangi maqsadlar sari intilamiz”, dedi “Uzbekistan Airways Technics” MChJ direktori Marat Latipov.