Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways va Boeing Toshkent xalqaro investitsiya forumida Boeing 787 Dreamliner simulyatorini taqdim etmoqda

2026 16 Iyun
Ulashing

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Uzbekistan Airways” AJ Boeing bilan hamkorlikda Boeing 787 Dreamliner simulyatorli interaktiv hududni taqdim etmoqda. Forum ishtirokchilari va mehmonlari o‘zlarini dunyodagi eng zamonaviy yo‘lovchi samolyotlaridan birining uchuvchisi sifatida sinab ko‘rishlari mumkin.

Boeing 787 Dreamliner simulyatori bejiz tanlanmagan – bu turdagi havo kemasi o‘n yildan buyon Uzbekistan Airways aviaparkida muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Mazkur loyiha Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasidagi ko‘p yillik strategik sheriklikni, shuningdek, O‘zbekiston zamonaviy aviatsiyasini yanada rivojlantirish yo‘nalishini o‘zida aks ettiradi. Bugungi kunda aviakompaniya Markaziy Osiyodagi Boeing 787 Dreamliner havo kemalarining eng yirik foydalanuvchisi bo‘lib, yana 22 ta zamonaviy Boeing havo kemasini yetkazib berish bo‘yicha imzolangan shartnoma doirasida o‘z aviaparkini izchil yangilashda davom etmoqda. 

Toshkent xalqaro investitsiya forumi iqtisodiy rivojlanish, sarmoyalar va texnologik hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun asosiy xalqaro maydonlardan biri bo‘lib, davlat rahbarlari, biznes vakillari, investorlar hamda dunyoning yetakchi kompaniyalarini birlashtiradi.

Uzbekistan Airways’ning forumdagi ishtiroki milliy aviatashuvchining mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini ilgari surishdagi o‘rnini yaqqol ko‘rsatib beradi. Aviakompaniya stendi mahalliy fuqaro aviatsiyasi yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va respublikaning aviatsiya sanoatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan muvaffaqiyatli hamkorlikni namoyish etish maydoniga aylanadi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?