24-27-sentabr kunlari Uzbekistan Airways O‘zbekiston Milliy stendi tarkibida Osiyoning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri – Tourism Expo Japan’da ishtirok etdi. Platforma B2B va B2C segmentlaridagi strategik tashabbuslarimizni muvaffaqiyatli birlashtirdi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi turoperatorlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazib, yangi qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini ishga tushirish masalalarini muhokama qildik. Shu bilan birga, aviakompaniya mutaxassislari ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar – bo‘lajak yo‘lovchilarimiz bilan faol muloqot qilishdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot sayohatchilarni yo‘nalishlar tarmog‘i, havo kemasi bortidagi qulayliklar bilan tanishtirish va ularni Markaziy Osiyoning boy merosini kashf etishga ilhomlantirish imkonini berdi.


Biz sayohatning har bir bosqichida o‘zgarmas ishonchlilik va afsonaviy o‘zbek mehmondo‘stligini taqdim etib, O‘zbekistonni butun dunyoga yanada yaqinlashtirishda davom etmoqdamiz!
Barcha yangiliklar