Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways TITF-2026’da ishtirok etmoqda

2026 22 Yanvar
Ulashing

Uzbekistan Airways mintaqaning eng yirik turistik ko‘rgazmalaridan biri – shu kunlarda Bangkokda o‘tayotgan hamda turizm va aviatsiya sohasining yetakchi vakillarini birlashtirgan Thailand International Travel Fair (TITF-2026) ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 

Tadbir doirasida “Uzbekistan Airways” Tailand bozori uchun o‘zining amaldagi va istiqbolli takliflarini, shuningdek, O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi turistik, ishbilarmonlik va madaniy almashinuvni rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etdi.

Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq tashrif buyuruvchilar soni, jumladan, bizning stendimizga bo‘lgan qiziqish 30 mingdan ortiq kishini tashkil etdi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi turistik yo‘nalishlar va aviaqatnovlarga bo‘lgan yuqori qiziqishdan dalolat beradi.

TITF-2026 ko‘rgazmasidagi ishtirok – Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonni jozibador turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim voqealardan biridir. Ushbu tadbir, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq, sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Uzbekistan Airways mahalliy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirgan holda, Tailand bozoridagi o‘z o‘rnini faol rivojlantirishda va yo‘lovchilarga qulay sayohatlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishda davom etadi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?