Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq aviakompaniya stendi ko‘plab tashrif buyuruvchilar: ham turizm bozori mutaxassislari, ham bo‘lajak sayohatchilarning e’tiborini tortdi. Uzbekistan Airways vakillari hamkorlar bilan bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazmoqda.


Aviakompaniyaning IMTM-2026’da ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lib, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish imkonini beradi.


Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda – dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Barcha yangiliklar