25–26-mart kunlari aviatsiya muhandisligi sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri – ato/comm MRO 2026 Central Asia Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma va anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airways Technics (UAT) tarkibiy bo‘linmasi mutaxassislari faol ishtirok etmoqda.


Mazkur tadbir to‘liq aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash (TXvaT) masalalariga bag‘ishlangan. Bugungi kunda bu Markaziy Osiyo, Yevroosiyo, Kaspiy mintaqasi va Kavkazning yetakchi ekspertlarini birlashtirgan ilg‘or tajriba almashish uchun eng yirik professional platforma hisoblanadi.


Uzbekistan Airways Technics uchun MRO 2026 anjumanida ishtirok etish – o‘z texnik markazining yuksak darajadagi malakasi va qudratli salohiyatini yaqqol namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ishbilarmonlik dasturi doirasida mutaxassislarimiz TXvaT sohasida zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishni muhokama qilmoqda, o‘zining noyob tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda va sohadagi hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda.


Mukammal texnik xizmat ko‘rsatish – xavfsizlik va ishonchlilik poydevoridir. Har bir parvozingiz eng yuqori darajada o‘tishi uchun biz o‘z imkoniyatlarimizni doimiy ravishda takomillashtirib boramiz!
Barcha yangiliklar