Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways Technics” MCHJda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2026 20 May
Ulashing

2026-yil 20-may kuni “UAT” MChJ aviakorxonasida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha taktik-maxsus o‘quv mashqi (TSU) o‘tkazildi. Mazkur tadbir Toshkent shahri FVTQT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda “Uzbekistan Airways” AJning 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi.

 

O‘quv mashqi mavzusi – zilzila va binoda yuzaga kelgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etishda rahbariyat, tezkor shtab, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va xodimlarning hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida: 

• favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi; 

• Toshkent shahri favqulodda xizmatlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi; 

• ogohlantirish va tezkor axborot almashish tizimlari tekshirildi.

O‘quv mashqi yakunlariga ko‘ra, barcha belgilangan maqsadlarga to‘liq erishildi. “UAT” MChJ rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va xodimlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yuqori tayyorgarlik va professional harakatlarni namoyon etdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi FVV Respublikaning ko‘p tarmoqli tezkor harakatlanish markazining zamonaviy maxsus texnika va robotlashtirilgan uskunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?