Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Technics hududida o‘quvchilar uchun ekskursiya

2023 16 May
797
Ulashing

Uzbekistan Airways hamda “Uzbekistan Airways Technics” kompaniyasi xodimlari “Jaloliddin” xususiy maktabi o‘quvchilari uchun aviakompaniyaning havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish bazasi hududida ekskursiya o‘tkazdi.

Ekskursiya maktab o‘quvchilariga texnik mutaxassislarning ishi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, samolyot kabinasiga tashrif buyurish imkonini berdi, u yerda ularga havo kemasini qanday boshqarish ko‘rsatildi. “Uzbekistan Airways Technics” mas’ul xodimlari o‘z bilimlari bilan bajonidil o‘rtoqlashdi, bu esa o‘quvchilarga aviatsiya sohasidagi ishlar haqida tushuncha berdi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari eng yangi samolyot modellaridagi texnik va tizimli ishlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Bizning ekskursiyamiz shunchaki qiziqarli va ma'lumotlarga boy emas, bunday ekskursiya yoshlarga o'z orzulari tomon qadam qo‘yishga yordam beradi va ehtimol bugungi o‘quvchilar kelajakda aviatsiya sohasida o'z karyeralarini qurishga qaror qilishlari mumkin!

PDF-ni yuklab oling