Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways tariflarni yangilamoqda: O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish yanada hamyonbop bo‘lmoqda!

2026 2 Oktabr
Ulashing

16-oktabrdan boshlab ichki turizmni rivojlantirish hamda yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish doirasida Uzbekistan Airways O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda mahalliy yo‘nalishlardagi aviachiptalar tariflarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqdi. 

Ushbu qaror O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi parvozlarni ham xizmat safarlari, ham dam olish yoki qarindoshlarni yo‘qlash uchun yanada hamyonbop qilishga qaratilgan.

 

Bugungi kunda bir tomonlama aviachiptalar narxi:

Toshkent – Andijon: 201 062 UZS dan boshlab

Toshkent – Buxoro: 241 274 UZS dan boshlanadi

Toshkent – Namangan: 201 062 UZS dan boshlab

Toshkent – Nukus: 442 336 UZS dan boshlanadi

Toshkent – Samarqand: 201 062 UZS dan boshlab

Toshkent – Termiz: 361 911 UZS dan boshlanadi

Toshkent – Urganch: 442 336 UZS dan boshlab

Toshkent – Farg‘ona: 201 062 UZS dan boshlanadi

 

Vatanimiz shaharlari bo‘ylab sayohatlaringizni manfaatli rejalashtiring. Yangilangan tariflar bo‘yicha aviachiptalarni booking.uzairways.com rasmiy saytida, aviakompaniyaning mobil ilovasida, Uzbekistan Airways Sales filialida, shuningdek, rasmiy agentlarda rasmiylashtirish mumkin.

 

Uzbekistan Airways bilan har qanday samo kengliklarida o‘zingizni uydagidek his qilasiz! 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?