Yoshlar ijod saroyida intellektual sport muxlislarini birlashtirgan shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada “Uzbekistan Airways” AJ xodimi Jasur Jo‘raboyev himoya qildi.

Turnir davomida ishtirokchimiz oltita murakkab va keskin bahs olib borib, o‘zining matonati, diqqat-e’tibori hamda mahoratini oshirishga bo‘lgan intilishini namoyon etdi. Ushbu bellashuv u uchun qimmatli sport tajribasi bo‘ldi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, Jasur o‘z mahoratini yanada takomillashtirish niyatida va hozirdanoq yangi shaxmat musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jasurga ishonchli o‘yinlar, yangi yutuqlar va yorqin g‘alabalar tilab qolamiz!
Barcha yangiliklar