Uzbekistan Airways Hindiston va Janubiy Osiyoning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri - South Asia’s Travel & Tourism Exchange’da o‘z salohiyati va kengayib borayotgan imkoniyatlarini namoyish etmoqda.


Dehlidagi forumda ishtirok etish xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaning yetakchi turoperatorlari va agentliklari bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda O‘zbekistonni muhim aviatsiya va turizm markazi sifatida targ‘ib qilish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi.


Sizni Yashobxumi konferensiya markazining 1-zalidagi B26 stendimizga tashrif buyurishga taklif etamiz. Shaxsiy uchrashish, professional muloqot va yangi hamkorliklardan mamnun bo‘lamiz.

Barcha yangiliklar