Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Rigaga parvozlar sonini oshirmoqda

2021 3 Noyabr
53
Ulashing

«Uzbekistan Airways» AJ 2021-yil 12-noyabrdan boshlab Rigaga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Endilikda, Toshkent-Riga-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Ushbu kunlardagi aviaparvozlar quyidagi harakat jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan jo‘nab ketish: 09:30
  • Rigaga kelish: 12:00
  • Rigadan jo‘nab ketish: 15:00
  • Toshkentga kelish: 23:00

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 425 539 so‘mdan (bagajsiz) va 2 798 698  so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo'yicha aviachiptalar 3 930 368 so‘mdan (bagajsiz) va 4 477 669 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Yo‘lovchilarga Rigadan Yevropaning Varshava, Vilnyus, Tallin, Xelsinki, Stokgolm va boshqa shaharlariga tutashgan aviaqatnovlar mavjudligi haqida eslatib o‘tamiz.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling