Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Olmaota shahridagi vakolatxonasi Qozog‘iston turizm assotsiatsiyasi (QTA) tomonidan Butunjahon turizm kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir 300 dan ortiq ishtirokchini to‘pladi, ular orasida sayyohlik kompaniyalari, davlat tuzilmalari, diplomatik doiralar, shuningdek, yetakchi xalqaro aviakompaniyalar: Turkish Airlines, Fly Dubai, China Southern Airlines, Qatar Airways, Air Astana va boshqalar vakillari bor.
Tadbir doirasida Uzbekistan Airways o‘zining brend stendini namoyish etdi, reklama va taqdimot materiallari, shuningdek, mehmonlar o‘rtasida yutuqli o‘yin uchun sovg‘alar taqdim etdi. Bundan tashqari, bir qator sayyohlik agentliklari bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Tadbirda ishtirok etish Uzbekistan Airways’ning professional muhitdagi imidjini mustahkamlashga, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga va Qozog‘iston Respublikasi turizm bozorida aviakompaniya xizmatlarini ilgari surishga yordam berdi.


