Uzbekistan Airways Moskvada bo‘lib o‘tayotgan "OTDIX Leisure 2026" xalqaro sayyohlik forum-ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.


Uzbekistan Airways stendida mehmonlar aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sayohatlar uchun dolzarb takliflar va imkoniyatlar bilan tanishadilar, shuningdek, aviakompaniya vakillaridan maslahatlar oladilar.



Ko‘rgazma doirasida ishbilarmonlik dasturiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Uzbekistan Airways vakillari turoperatorlar, agentliklar va turizm bozorining boshqa ishtirokchilari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazib, ikki tomonlama sayyohlik oqimini rivojlantirish, hamkorlik istiqbollari va aviaqatnovlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.


Aviakompaniyaning ko‘rgazmadagi ishtiroki uning Rossiya bozoridagi mavqeyini mustahkamlashga hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sayohatlarni yanada qulay va hamyonbop qilishga intilayotganidan dalolat beradi.


Barcha yangiliklar