Ushbu payshanbani hamkasblarimiz o‘zgacha o‘tkazishga qaror qilishdi va ishga chiroyli an’anaviy liboslarda kelish orqali ish kunlarini yorqin ranglar bilan to‘ldirishdi.



Atlas, adras va milliy uslub unsurlari odatiy muhitga o‘zgacha iliqlik hamda betakror o‘zbekona shukuh baxsh etdi. Natija g‘oyat bejirim va juda samimiy chiqdi! Bunday tashabbuslar nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki madaniyatimizning go‘zalligi va boyligini yodga solib, jamoani yanada jipslashtiradi.
Barcha yangiliklar