Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

2022 8 Iyul
954
Ulashing

Uzbekistan Airways Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishidagi xalqaro aviaqatnovlar soni oshirilganini ma’lum qiladi. Hozirgi kunda shaharlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari, joriy yilning 12-avgustidan boshlab esa parvozlar haftaning juma kunlari ham amalga oshiriladi. 

Toshkentdan jo‘nab ketish: 21:00 (Toshkent vaqti bilan)

Nyu-Yorkka yetib borish: shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:10

Nyu-Yorkdan jo‘nab ketish: 03:10 (mahalliy vaqt bilan)

Toshkentga yetib borish: yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 00:10

 

Toshkent – Nyu-York yo‘nalishidagi chiptalar narxi 10 686 093 so‘mdan, Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 18 101 482 so‘mdan boshlanadi.

Chiptalarni 3% chegirma bilan www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling