Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

«Uzbekistan Airways» - Myunxendagi "f.re.e - Die Reise- und Freiseitmesse" sayyohlik ko‘rgazmasining ishtirokchisi

2020 20 Fevral
204
Ulashing

«Uzbekistan Airways» - Myunxendagi "f.re.e - Die Reise- und Freiseitmesse" sayyohlik ko‘rgazmasining ishtirokchisi «Uzbekistan Airways» Germaniyaning Myunxen shahrida 19-23 fevral kunlari bo‘lib o‘tayotgan “f.re.e - Die Reise- und Freizeitmesse” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida birinchi marotaba o‘z xizmatlarini namoyish etmoqda.

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining yagona stendi O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi bilan birgalikda tashkil etildi. Tadbirda «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi vakolatxonalari bilan bir qatorda “Avrud”, “Elan Express” va “Ulysse Tour” milliy sayyohlik kompaniyalari ham o‘z xizmatlarini namoyish etmoqda. "F.re.e - Die Reise- und Freizeitmesse" - 1970-yildan beri Markaziy Yevropaning marvarid-shahri hisoblangan, Bavariya federal davlatining poytaxtida muntazam ravishda o‘tkaziladigan eng yirik sayyohlik va dam olish tadbiridir. Ekspozitsiyalarning umumiy maydoni 86 ming kvadrat metrni tashkil etib, sayohat va hordiq bozorining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Statistik ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu tadbirga tashrif buyuruvchilarning 93 foizi o‘z sayohatlarini ko‘rgazma davomida olingan ma’lumotlarga asoslanib rejalashtirishgan.

Bu yil unga 150 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining stendida ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar aviakompaniyaning barcha xizmatlaridan foydalangan holda yangi yo‘nalishlar, parvozlar jadvali va geografiyasi haqida ma’lumot olishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ekologik, tog‘chang‘isi, tarixiy-me’moriy, madaniy, ma’rifiy, gastronomik va boshqa yo‘nalishlarining diqqatga sazovor joylarini o‘rganishlari mumkin. Shuningdek “F.re.e - Die Reise- und Freiseitmesse” maydoni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Myunxenga yangi yo‘nalishini Yevropa Ittifoqi sayyohlari e‘tiboriga taqdim etish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

exb5

Eslatib o‘tamiz, yozgi navigatsiyada «Uzbekistan Airways» Toshkent-Myunxen-Toshkent yo‘nalishida chorshanba va yakshanba kunlari haftasiga 2 marotaba muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlaydi.

Statistikaga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan nemis sayyohlari soni avvalgi davrga nisbatan deyarli to‘rt baravarga ko‘paygan. Bunda O‘zbekiston tomonidan Germaniya fuqarolari uchun vizasiz rejimning joriy etilishi, shuningdek, “Buyuk Ipak yo‘li” bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishi tobora ommalashib borishi muhim rol o‘ynadi.

PDF-ni yuklab oling