Joriy yilning 5-7 fevral kunlari Hindistonning Mumbay shahrida "Jio World Convention Centre" anjumanlar markazida "OTM-2026" xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu 60 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ortiq eksponentlarni birlashtirgan Osiyodagi yetakchi B2B platformasi bo‘lib, tashqi va ichki turizmga yo‘naltirilgan.

Ko‘rgazma davomida aviakompaniya stendi tashrif buyuruvchilarda, jumladan, kichik turoperatorlardan tortib yirik turoperatorlargacha katta qiziqish uyg‘otdi, unga 1000 dan ortiq tadbir ishtirokchilari va mehmonlari tashrif buyurishdi, ular orasida Veena travels, Thomas cook, Akbar travels kabi yirik hind turoperatorlari vakillari ham bor. Ko‘rgazma Hindistonning taniqli tadbirkorlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi.

Ko‘rgazmada turistik mahsulotlar, hashamatli dam olish, MICE, plyaj va oilaviy turizm haqida ma'lumotlar taqdim etilgan.


Ko‘rgazma turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlashda muhim voqea hisoblanadi. Bu yerda turagentlar mahalliy turoperatorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va hindistonlik sayyohlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Umid qilamizki, ko‘rgazma aviakompaniyaga yangi bozorlarga chiqish va xorijiy hamkorlar bilan foydali biznes aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi.
Barcha yangiliklar