Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Moskvaga qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻymoqda

2022 2 Yanvar
43
Ulashing

Uzbekistan Airways 2022-yil 6-fevraldan boshlab Moskvaga Toshkent, Nukus, Urganch va Termiz shaharlaridan qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

Toshkent – Moskva – Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovlar haftasiga uch marotaba – yakshanba, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Nukus – Moskva – Nukus yoʻnalishidagi qatnovlar yakshanba, Urganch – Moskva – Urganch payshanba, Termiz – Moskva – Termiz yoʻnalishida parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin

PDF-ni yuklab oling