Uzbekistan Airways Moskvadagi MITT xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini taqdim etmoqda.

Aviakompaniya stendi mamlakat Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston milliy ko‘rgazma maydonining bir qismiga aylandi. Uzbekistan Airways vakillari ko`rgazmaga tashrif buyuruvchilarni mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari bilan tanishtirib, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, asosiy sayyohlik yo‘nalishlari, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘i va xizmatlari haqida so‘zlab bermoqda.

Aviakompaniyaning mintaqadagi eng yirik sayyohlik tadbirlaridan birida ishtirok etishi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga va O‘zbekistonga yangi sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan.

MITT “Krokus Ekspo” xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tmoqda va 13-martgacha davom etadi. Sizni stendimizga taklif qilamiz: 1-pavilyon, 3-zal, B2057-stend.

Barcha yangiliklar