Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Mayamidagi World of Travel, Trade & Taste 2023 ko‘rgazmasida

2023 5 Iyun
240
Ulashing

Uzbekistan Airways 31-may – 2-iyun kunlari AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan “World of Travel, Trade & Taste Exhibition -2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ko‘rgazma Shimoliy Amerika bozorida aviakompaniya xizmatlari va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ilgari surish uchun professional platforma hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, Uzbekistan Airways Markaziy Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida ushbu tadbirda ishtirok etgan birinchi aviakompaniya bo‘ldi.

Ko‘rgazma davomida Uzbekistan Airways xodimlari mahalliy kompaniyalar vakillari bilan Markaziy Osiyodan AQSh va butun dunyo bo‘ylab qulay aloqa va muntazam reyslarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha qator uchrashuvlar hamda muzokaralar olib bordi. Tadbir doirasida mehmonlar va tashrif buyurganlarga o‘zbek palovi tarqatildi, bu esa, shubhasiz, milliy oshxonamiz go‘zalligini namoyish etib, butun o‘zbek gastronomik madaniyatiga yana bir bor e’tibor qaratilishiga turtki bo‘ldi.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Аirways Toshkent – ​​Nyu-York – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha haftasiga toʻrt marta, seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

PDF-ni yuklab oling