Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri – MATTA Fair’da taqdimot o‘tkazdi hamda aviakompaniya xizmatlarini taqdim etdi.


Ko‘rgazmada ishtirok etish kompaniyaga yangi yo‘nalishlarni taqdim etish, Uzbekistan Airways bilan parvozlar qulayligi haqida ma’lumot berish hamda Malayziya va boshqa mamlakatlarning turizm sohasi vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.


Bundan tashqari, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida aviakompaniya yorqin raqs namoyishi orqali fleshmob uyushtirdi. Bu esa sayohatchilarga o‘zbekona mehmondo‘stlik ruhini his qilish imkonini berdi.

