Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Malayziyaga parvozlarni amalga oshiradi

2022 14 Sentabr
669
Ulashing

Joriy yilning 13-15 sentabr kunlari Toshkentda Malayziya turizm marketing missiyasi (Malaysia Truly Asia) bo‘lib turibdi, uning maqsadi sayyohlik operatorlari bilan yangi ishbilarmonlik aloqalarini tiklash va yaratishdir.

Joriy yilning 14-sentabr kuni “Hyatt Regency” mehmonxonasida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Malayziya delegatsiyasi – turoperatorlar, mehmonxona egalari, turizm sohasida ishlaydigan davlat xizmatchilari va tibbiy turizm sohasi vakillari. Tadbirda “Uzbekistan Airways” AJ hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida pandemiya butun dunyo bo‘ylab bir muddat asosiy transport aloqalari va xalqaro turizmni to‘xtatib qo‘ygani qayd etildi. Jahon kompaniyalari yirik va mashhur turoperatorlar bilan birgalikda hamma uchun qulay bo‘lgan – bir davlatdan ikkinchisiga to‘g‘ridan-tog‘ri muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqdalar. Bugungi kunga kelib, ushbu tashabbuslar o‘z natijalarini bermoqda.

Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurga 1992-yildan parvozlarni amalga oshira boshlagan. Eslatib o‘tamiz, joriy yining o‘zida aviakompaniya Parij, Milan va Osiyo shaharlaridan Tokioga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam atnovlarni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistondan Malayziyaga qatovlar tiklanishi yo‘lovchilarga qimmatli vaqtni tejab, boshqa qatnovga almashmasdan parvoz qilish imkonini beradi.

Malayziya turizm agentligi bosh direktori o‘rinbosari Iskandar Mirza bin Muhammad Yusuf:

“O‘zbekiston Malayziya uchun muhim rivojlanayotgan bozorlardan biri ekanligini ta’kidlashdan mamnunmiz. 2019-yilda biz O‘zbekistondan Malayziyaga dam olish uchun kelgan 12 031 sayyohni qabul qildik, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga ko‘pdir. Hozirda Toshkentdan Malayziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarimiz yo‘q. Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” hozirgi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Kuala-Lumpurga haftasiga 2 marotaba qatnovni amalga oshirar edi. Biroq, pandemiya tufayli ular parvozni to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. O‘zbekiston sayyohlik hamjamiyatining faol qo‘llab-quvvatlashi hamda mahalliy aholining yuqori talabi tufayli aviakompaniya kelajakda Malayziyaga uchishda davom etishiga aminmiz”.

Malayziyaning turizm marketing missiyasi Malayziya kompaniyalarining biznes sessiyalari (B2B) va taqdimotlarida ishtirok etish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi, bu esa ikkala mamlakatning turizm sanoati kengayishiga imkoniyat yaratadi.

Ilhom Mahkamov, Uzbekistan Airways “AJ” Boshqaruv raisi:

“Pandemiya yo‘lovchilar tashish sanoatining zaifligini ko‘rsatdi. Daromadlarning pasayishi parvozlar sonining kamayishi va uzoq vaqt davomida havo kemalari yerda texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishi, aviapark va xodimlarni parvozlarni tiklashga tayyorlash bilan bog‘liq. Uzoq tiklanish jarayoniga qaramay, milliy aviatashuvchi 2022-yilga kelib pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga qaytishga muvaffaq bo‘ldi va 2019-yildagi ko‘rsatkichlardan ilgarilab ketishga erishdi. Shuningdek, endi Osiyodagi mashhur yo‘nalishlarni tiklash, shu jumladan Malayziya ham juda muhimdir. Ishonchim komilki, Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasidagi muntazam qatnovlar ikki mamlakatda turizmni rivojlantirish va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi”.

Shuni ta’kidlash kerakki, Malayziyadan kelgan yo‘lovchilar ziyorat turizmiga juda qiziqishadi va Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari ularning asosiy tashrif buyuradigan joylari hisoblanadi. Mamlakatimiz yo‘lovchilari esa Malayziyaga dam olish, shuningdek, ta’lim, tadbirkorlik, tibbiy turizm kabi boshqa yo‘nalishlarda uchun sayohat qilishadi.

Uzbekistan Airways Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam qatnovlarni joriy yilning noyabr oyidan amalga oshirishni rejalashtirgan.

 

PDF-ni yuklab oling