Ko‘rgazma doirasida aviakompaniya vakillari tashrif buyuruvchilarga amaldagi tariflar, yo‘nalishlar tarmog‘ining rivojlanishi va aviatsiya imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, mahalliy biznes vakillari, sayyohlik kompaniyalari va hamkorlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlari rejalashtirilgan.


FITUR ko'rgazmasida ishtirok etish Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarga muvofiq mamlakatning sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish imkonini beradi.

Madridga muntazam aviaqatnovlar bahorgi-yozgi navigatsiya mavsumidan boshlab har haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Barcha yangiliklar