Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Londonda WTM-2022 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2022 8 Noyabr
20
Ulashing

Uzbekistan Airways 7-9 noyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan WTM-2022 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida “O‘zbekiston” milliy stendi tarkibida o‘zining aviatsiya imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

Uch kun davom etadigan koʻrgazmada mehmonxona, turizmdagi axborot texnologiyalari, rivojlanayotgan turizm bozorlari kabi yoʻnalishlar bilan bir qatorda, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yoʻlovchi tashish yoʻnalishida ham oʻz xizmatlarini, hamda ushbu yoʻnalishda toʻliq xizmat koʻrsatishni namoyish etadi. Mazkur sayyohlik maydoni Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun yaxshi platforma bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, ko‘rgazmada 180 dan ortiq davlatdan 50 mingdan ortiq sayyohlik sohasi mutaxassislari, tashkilotlar va minglab OAV vakillari ishtirok etmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways Londonga haftasiga ikki marta muntazam yoʻlovchi qatnovlarni amalga oshiradi.

 

PDF-ni yuklab oling