Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uchun O‘zbekiston salohiyatini namoyon etmoqda

2026 9 Sentabr
Ulashing

4-6 sentyabr kunlari Kuala-Lumpurda Malayziyaning eng yirik turistik ko‘rgazmalaridan biri – MATTA Fair 2026 bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ko‘lami hayratlanarli: 150 mingga yaqin tashrif buyuruvchilar, 2 000 dan ortiq ko‘rgazma stendlari va 280 dan ziyod ishtirokchi kompaniyalar. Uch kun davomida MATTA Fair turizm sanoati, aviakompaniyalar, turistik agentliklar, milliy sayyohlik tashkilotlari vakillari va sayohat ixlosmandlarini birlashtirdi. Ko‘rgazma ishtirokchilari qatorida Uzbekistan Airways ham bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi bilan qo‘shma stendda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish etdi. Milliy aviatashuvchining ishtiroki O‘zbekistonni Janubi-sharqiy Osiyo bozorida targ‘ib qilishning muhim qismiga aylandi. Ko‘rgazma mehmonlari mamlakatning turistik imkoniyatlari, madaniy merosi, tarixiy shaharlari va sayohat yo‘nalishlari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviagatnovlarning allaqachon yo‘lga qo‘yilganligi alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga, aviakompaniya yo‘lovchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirishda davom etmoqda: oktyabr oyi oxiridan boshlab Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasidagi qatnovlar soni haftasiga to‘rt martagacha oshiriladi.

Uzbekistan Airways uchun MATTA Fair ko‘rgazmasida ishtirok etish – bu nafaqat O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etish imkoniyati, balki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon hamdir. Ishbilarmonlik dasturi doirasida aviakompaniya vakillari yetakchi chipta sotish va turistik agentliklar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdilar. Asosiy e’tibor sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga hamda milliy tashuvchining Janubi-sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratildi. Malaysia Airlines kompaniyasi bilan alohida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va tijorat kelishuvlari doirasida yangi yo‘nalishlarni ochish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 

Uzbekistan Airways uchun bunday hamkorlik aloqalarini rivojlantirish xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish hamda yo‘lovchilar uchun sayohat qilish imkoniyatlarini oshirish strategiyasining muhim qismi sanaladi. MATTA Fair ko‘rgazmasidagi ishtirok aviakompaniya uchun 2026-yildagi xuddi shunday formatdagi 16-xorijiy turistik tadbir bo‘ldi.

O‘zbekistonni xalqaro turistik maydonlarda targ‘ib qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviagatnovlarni rivojlantirish va xorijiy kompaniyalar bilan sherikchilikni mustahkamlash O‘zbekiston, Malayziya hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa mamlakatlari o‘rtasida turistik oqim va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Uzbekistan Airways xalqaro aviatsiya aloqalarini rivojlantirishda davom etib, sayohatlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda va O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi mavqeini mustahkamlamoqda.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?