“Uzbekistan Airways” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari – “UAT” MCHJ, “O‘MM” MCHJ, “Ketring” MCHJ, “Uzbekistan Helicopters” MCHJ o‘tgan yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan VIII Toshkent xalqaro marafonida faol ishtirok etdi.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va ProRun kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik xalqaro sport tadbirlaridan biri bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.


Kompaniya xodimlari turli masofalarda munosib natijalarni ko‘rsatib, yuksak ishtirokchilik, sportcha ishtiyoq va jamoaviy jipslikni namoyon etdilar. Marafondagi ishtirok nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki faol, tashabbuskor va ahil jamoani rivojlantirishga yo‘naltirilgan korporativ qadriyatlarga sodiqlikni ham yaqqol ifodaladi.

Barcha yangiliklar