Uzbekistan Airways Goa hukumati Turizm departamenti tomonidan tashkil etilgan tadbirda muvaffaqiyatli taqdimot o‘tkazdi.
Dastur doirasida Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida turizmni rivojlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlangan turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuvlari va seminar bo‘lib o‘tdi.
Uzbekistan Airways 3-dekabrdan boshlab haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari Toshkentdan Goaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirib, sayyohlar almashinuvini kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.




