Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Samaraga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda

2022 30 May
908
Ulashing

2022-yil 4-iyun kuni Uzbekistan Airways Express Toshkent – Samara – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk qatnovini amalga oshiradi. Muntazam aviaqatnovlar haftada bir marta – shanba kunlari amalga oshiriladi.

 

Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkentdan joʻnab ketish: 19:05 (Toshkent vaqti bilan)

Samaraga yetib borish: 21:25 (Samara vaqti bilan)

Samaradan joʻnab ketish: 23:20 (Samara vaqti bilan)

Toshkentga yetib borish: 03:25 (Toshkent vaqti bilan)

 

Toshkent – Samara yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 671 973 so‘mdan (bagajsiz) va 1 837 632 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Samara – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 248 454 so‘mdan (bagajsiz) va 3 579 872 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 30.05.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling