Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Krasnoyarskka parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

2022 10 Iyun
789
Ulashing

2022-yil 25-iyundan Uzbekistan Airways Express Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk qatnovini amalga oshiradi. Muntazam aviaqatnovlar haftada bir marta – shanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan uchish: 17:30 (Toshkent vaqti bilan)

Krasnoyarskka yetib borish: 23:00 (Krasnoyarsk vaqti bilan)

Krasnoyarskdan uchish: yakshanba kuni 00:30 (Krasnoyarsk vaqti bilan)

Toshkentga yetib borish: yakshanba kuni 02:15 (Toshkent vaqti bilan)

 

Toshkent – Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 996 039 so‘mdan (bagajsiz) va 2 232 382 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 695 230 so‘mdan (bagajsiz) va 4 144 282 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 10.06.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling