Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Express aviatashuvlari

2022 10 May
2198
Ulashing

Mamlakatimiz aviatsiya tarmog‘ini rivojlantirish doirasida 2021-yilning avgustidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi gibrid asosidagi parvozlarni amalga oshirishga kirishdi. Aviakompaniyaning havo kemalari parkida 174 yo‘lovchi o‘rindiqlariga mo‘ljallangan to‘liq iqtisodiy (ekonom) klass tartibida qayta konvertatsiyalangan Airbus A320 havo kemalari foydalanishga topshirildi. Bu esa klassik havo tashish yo‘nalishlariga nisbatan, biznes klass talabi mavjud bo‘lmagan, o‘rtacha 20% tariflarini kamaytirish imkonini taqdim etdi.

Klassik loukost-tashuvchilaridan farqli o‘laroq – ularning aksariyati oziq-ovqat bilan ta’minlamaydi va bepul bagaj tashish imkoniyatini mavjud emas, Uzbekistan Airways yanada qulayroq sharoitlarni yaratdi.

Uzbekistan Airways Express (UAE) “to‘liq-ekonom” aviatashuvlarining klassik Uzbekistan Airways (UA) qatnovlaridan asosiy farqlari:

  • yo‘lovchilar soni – 174 (UAE), oddiy parvozlarda esa yo‘lovchilar ko‘proq
  • biznes-klassning mavjud emasligi (UAE), oddiy parvozlarda esa biznes-klass mavjud
  • 1 bagaj joy miqdori – 23 kg va 5 kg qo‘l yuki (UAE), Uzbekistan Airways muntazam qatnovlarida – 32 kg va 8 kg qo‘l yuki
  • aviaqatnovlar faqatgina A320 havo kemasida amalga oshiriladi (UAE) va oddiy qatnovlarda aviakompaniya parkidagi barcha havo kemalarini ko‘rishingiz mumkin
  • Uzbekistan Airways Express ikki soatdan uzoqroq bo‘lgan qatnovlarida oziq-ovqat ta’minotini saqlab qoldi: sendvich va suv taqdim etiladi. Shu bilan birga, klassik aviaqatnovlarda, 2 soatdan ortiq parvozlarda to'liq issiq ovqat bilan ta'minlanadi.  

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Express Toshkent va O‘zbekiston Respublikasi hududlaridan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston shaharlari: Moskva, Ufa, Perm, Qozon, Samara, Yekaterinburg, Mineralniye Vodi, Omsk, Sochi, Krasnoyarsk, Irkutsk va Olmaota shaharlariga to‘rtta havo kemasiga parvozlarni amalga oshiradi.  

Aviakompaniya axborot xizmati barcha yo‘lovchilarga aviachipta sotib olish vaqtida Uzbekistan Airways Express yoki klassik parvozlar haqida barcha tafsilotlarni aniqlab olishlarini so‘rab qoladi. 

PDF-ni yuklab oling