Bangkokda Uzbekistan Airways vakolatxonasi tomonidan Prestige Travel ko‘magida tashkil etilgan aviatsiya va turizm sohasi vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv doirasida aviakompaniyaning Tailand bozoridagi faoliyati sarhisob qilindi, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘ini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va turizm sohasi bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari taqdim etildi. Tadbirda 10 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, 50 dan ortiq sayyohlik agentliklari va turoperatorlar ishtirok etdi.


Barcha yangiliklar